O‘zbekiston banklari mijozlari Rossiyada o‘z kartalari bilan to‘lovni amalga oshirishlari mumkin

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekistonning Markaziy banklari to‘lov kartalari milliy tizimlarini tizimlararo integratsiyalash to‘g‘risida bitim imzolashadi.

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Rossiya va O‘zbekistonning Markaziy banklari to‘lov kartalari milliy tizimlarini tizimlararo integratsiyalash to‘g‘risida bitim imzolashadi, deb xabar qildi O‘zbekiston Markaziy banki.

Xabarda qayd etilishicha, 12-mart kuni Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi banklararo Hamkorlik bo‘yicha kichik komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Uzcard tizimdagi nosozlik sababini ma’lum qildi

Anjuman chog‘ida tomonlar keng doiradagi, xususan, banklararo hamkorlik, milliy to‘lov tizimlarini rivojlantirish, bank nazorati va ular faoliyatini tartibga solish, jumladan, transchegaraviy banklarni birgalikda nazorat qilish, moliyaviy ommaboplikni oshirish, xodimlarni malakasini oshirish sohalariga tegishli masalalarni muhokama qildilar.

Yig‘ilish doirasida tomonlar bank nazorati sohasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi markaziy banklari o‘rtasida bank nazorati borasida, shu jumladan, transchegaraviy banklarni birgalikda nazorat qilishda qo‘llanilayotgan yondashuvlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish va yaqin hamkorlik o‘rnatish imkonini yaratadigan o‘zaro anglashuv to‘g‘risida Memorandum ishlab chiqishni kelishib oldilar.

“Rossiya va O‘zbekistonning to‘lov kartalari milliy tizimlarini tizimlararo integratsiyalash va to‘lov tizimlari sohasidagi yondashuvlarni tartibga solish va kuzatib borish (nazorat) bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bitim ishlab chiqishga kelishib oldilar”, - deyiladi xabarda.

Aytish joizki, to‘lov kartalari milliy tizimlarini integratsiyalash fuqarolar ikki davlat hududidagi bankomatlarda operatsiyalar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishini anglatadi.

Tomonlar xodimlar malakasini oshirish sohasida Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzoladilar.

Yangiliklar lentasi
0