TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Toshkentda fuqaroga bo‘sh yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni va’da qilib, 540 ming dollarga chuv tushirgan ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Yunusobod tumanida yashovchi K.A. va Shayxontohur tumanida yashovchi T.J.lar fuqaro M.R.ga Chilonzor tumanidagi “Flamingo” restorani oldidagi bo‘sh yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni va’da qilib, 2017-yil sentabr oyidan 2018-yil noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida undan 540 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni ham qaytarib bermaganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.A. va T.J.lar qo‘lga olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.