Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiya xalqiga hamdardlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 49 nafarga yetdi. Kasalxonalarda 39 nafar jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

TOShKENT, 15 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddiga hamdardlik maktubi yo‘lladi. 

Prezident matbuot xizmatning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi.

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 49 nafarga yetdi. Kasalxonalar 39 nafar jarohatlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Bugun, juma kuni Kraystcherch shahrida otishma sodir bo‘ldi. Otishma sodir bo‘lgan vaqtda masjidda 300 ga yaqin qishi bo‘lgan. Jinoyatsi o‘z harakatlarini ijtimoiy tarmoqqa onlayn translatsiya ham qilib borgan. Masjidlardan biriga o‘t ochgan shaxs avstraliyalik Brenton Tarrant ekanligi aniqlangan.

​To‘rt nafar gumon qilinuvchi qo‘lga olingan, keyinrok esa o‘t ochgan erkakning o‘zi ham hibsga olindi.

Yangiliklar lentasi
0