"Humo Arena"sining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, barchani ushbu qutlug‘ voqea bilan tabrikladi.

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. 15-mart kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida "Humo Arena" ko‘p tarmoqli sport saroyining ochilish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOtkritie Humo Arena v Tashkente
Humo Arenasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie Humo Arena v Tashkente

"O‘zbekiston sporti tarixida yangi sahifa ochildi"

Tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, barchani ushbu qutlug‘ voqea bilan tabrikladi. 

"Yurtimizning barcha hududlarida, hatto olis tumanlarda zamonaviy va ommabop sport infratuzilmasi yaratilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar soni oshib bormoqda. Keyingi ikki yilda O‘zbekiston sportchilari xalqaro musobaqalarda mingdan ziyod, shu jumladan, 400 dan ortiq oltin medallarni qo‘lga kiritdi", – dedi Mirziyoyev.

Dver s klyuchami - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Tatyana Navka, Pavel Bure va Rossiyaning boshqa sportchilariga Toshkentdan uy berdi

Bugungi kunda sportning boks, dzudo, erkin kurash, badiiy gimnastika, shaxmat va boshqa turlari bo‘yicha o‘zbek maktablari butun dunyoga ma’lum va mashhur. Mamlakat nufuzli xalqaro turnirlar, xususan, jahon va mintaqa chempionatlarini qabul qilmoqda. Davlat rahbari tomonidan 2030-yilgi yozgi Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan.  

"Vatanimiz sportchilari figurali uchish, xokkey, tog‘ chang‘isi, fristayl, snoubord kabi eng tomoshabop qishki sport turlarida ham munosib ishtirok etishlariga intilmoqdamiz. Fristayl bo‘yicha qishki Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlaridagi oltin medallar, figurali uchish bo‘yicha Osiyo o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritilgan yetmishdan ortiq medal bu boradagi yutuqlarimizdir. Biz ushbu shonli sport an’analarini davom ettirishni burchimiz deb bilamiz", – deya ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti. 

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOtkritie Humo Arena v Tashkente
Humo Arenasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie Humo Arena v Tashkente

Ochilish marosimi sportchi va san’atkorlar hamkorligida tayyorlangan shou dastur bilan davom etdi. Muz maydoni sathida 3D mepping texnologiyasi asosida Humo qushi, bu yerda o‘tkaziladigan sport turlari tasviri namoyish etildi. Sportchi yoshlar hamda bolalar ko‘rgazmali chiqishlar qildi. O‘zbekistonning yosh sportchilari va mashhur xokkeychilar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOtkritie Humo Arena v Tashkente
Humo Arenasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie Humo Arena v Tashkente

"Humo Arena" zamonaviy muz saroyining foydalanishga topshirilishi O‘zbekiston sporti tarixida yangi bosqichni boshlab beradi.

Ushbu inshoot ilg‘or muhandislik va binokorlik yechimlari, texnik jihozlanganlik darajasi bilan betakrordir. Majmuaning 12 ming 500 o‘rindan iborat asosiy maydoni transformatsiya usulida qurilgan bo‘lib, qisqa vaqtda uni qayta jihozlash, o‘rindiqlar sonini oshirish yoki kamaytirish mumkin.

Bu xokkey, figurali uchish, short-trek, korling kabi qishki sport turlari bilan birga kurash, boks, mini-futbol, basketbol, voleybol, taekvondo bo‘yicha musoqabalar o‘tkazish, shuningdek, konsert, shou, ko‘rgazma, konferensiya va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etish imkonini beradi. 

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOtkritie Humo Arena v Tashkente
Humo Arenasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie Humo Arena v Tashkente

Arenani loyihalashtirish va qurishda zamonaviy shaharsozlik qoidalari, ekologik xafsizlik va sport inshootlariga doir xalqaro talablarga rioya qilingan, energiya samarador texnologiyalar qo‘llanilgan. 

Majmuaning konseptual loyihasi Janubiy Koreyaning "Heerim Architects & Planners" kompaniyasi, tom qismining loyihasi Avstriyaning "Oberhofer Stahlbau" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Umuman, inshootni qurish va jihozlashda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Fransiya, Finlyandiya, Rossiya kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan texnika va texnologiyalardan foydalanilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOtkritie Humo Arena v Tashkente
Humo Arenasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie Humo Arena v Tashkente

“Humo Arena” yuqori toifali sportchilarni tayyorlash, yirik xalqaro musobaqalarni o‘tkazish, eng muhimi, yoshlarni sportning qishki turlariga ham keng jalb etishda muhim omil bo‘ladi. Shuningdek, ko‘p tarmoqli sport-ko‘ngilochar inshooti sifatida barcha aholi qatlamlarining jismoniy va madaniy kamolotiga xizmat qiladi. Kelgusida bunday majmua va markazlarni mamlakatimizning boshqa hududlarida ham qurish ko‘zda tutilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOtkritie Humo Arena v Tashkente
Humo Arenasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie Humo Arena v Tashkente

Marosimda Xalqaro xokkey federatsiyasi prezidenti Rene Fazel, dunyoga mashhur sportchi va san’atkorlar ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0