Bugun Toshkentda to‘rtta ko‘chada harakat vaqtincha cheklanadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishBelorussko-ukrainskaya granitsa
Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkentda Beshog‘och, Olmazor, I.Karimov va Qoratosh ko‘chalarida, yo‘l yotiq chiziqlari chizilishi munosabati bilan, harakat vaqtincha cheklanadi.

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Bugun, 14-mart kuni Toshkent shahrida yo‘l yotiq chiziqlari chizilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarning yo‘l qatnov qismida harakat qisman cheklanadi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimiyati.  

Harakat, xususan, quyidagi ko‘chalarda soat 11:00 dan  18:00 gacha cheklanadi:

  • Beshog‘och ko‘chasining Furkat ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 
  • Olmazor ko‘chasining Beshog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
  • I.Karimov ko‘chasining Olmazor ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
  • Qoratosh ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan 1-shahar shifoxonasigacha bo‘lgan qismi

“Yo‘l harakatini tashkil etish markazi” DM shahrimiz aholisidan bu noqulaylik uchun uzr so‘raydi va harakatlanish cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxatini ma’lum qiladi", - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0