O‘zbekistonga “golland” gullarining noqonuniy olib kirilishi fosh etildi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishBuket roz
Buket roz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga qiymati 43 750 000 so‘mlik 875 dona har xil rangdagi Gollandiya atir gullarini noqonuniy olib kirish holati fosh qilindi.

TOShKENT, 13 mar – Sputnik. O‘zbekistonga “golland” gullarining noqonuniy olib kirilishi fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, mazkur qonunbuzarlik “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida sodir etildi.

Bojxona xodimlari O‘zbekistonga o‘zining Lacetti, Shevrolet Lacetti rusumli avtotransport vositalarini boshqarib kirib kelgan fuqarolar I.M. va A.A. larning avtotransport vositalari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishadi.

“Mazkur fuqarolarning yo‘lovchi bojxona deklaratsiyalarida yozib ko‘rsatmasdan hamda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilmasdan, qiymati 43 750 000 so‘mlik 875 dona har xil rangdagi Gollandiya atir gullarini respublikamizga olib kirayotgani fosh qilindi”, - deyiladi xabarda.

© Foto: press-slujba GTKTamojenniki presekli vvoz svetochnoy kontrabandi
O‘zbekistonga “golland” gullarining noqonuniy olib kirilishi fosh etildi - Sputnik O‘zbekiston
Tamojenniki presekli vvoz svetochnoy kontrabandi

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0