Rossiyada mehnat migrantlari ommaviy emlanadi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik delayet ukol
Meditsinskiy rabotnik delayet ukol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qizamiq epidemiyasi xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda mahalliy hukumat mehnat migrantlari orasida yoppasiga emlash o‘tkazishi kerak.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiya aholisi, jumladan mehnat migrantlari ham qizamiqqa (kor) qarshi emlanadi. Bu haqida huquqiy axborot  portalida e’lon qilingan hukumat yangi qarorida aytib o‘tilgan.

Ommaviy emlash kasallik xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda 1-apreldan 1-oktabrga qadar o‘tkaziladi. Mahalliy hukumat kerakli vaksinalarni sotib olib mehnat migrantlari orasida ham yoppasiga emlash tashkillashtirishi kerak.

Ukrainada qizamiq epidemiyasi avj oldi

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Yekaterinburgda qizamiq kasali epidemiyasi tufayli mahalliy hukumat mehnat migrantlari orasida ommaviy emlash tashkillashtirgan edi. O‘shanda bir vaqtning o‘zida 28 kishi kasallangan edi.

Qizamiqqa qarshi ommaviy emlash birinchi navbatda xususiy transport kompaniyalari haydovchilari, quruvchilar hamda yirik savdo tashkilotlari xodimlari orasida o‘tkazilgan edi.

BMTning bolalar fondi UNICEF xabariga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekistonda 17 bola qizamiq kasali bilan kasallangan, 2017-yilda esa – biror kishi kasallanmagan.

O‘tgan 2018-yil statistikasiga ko‘ra, qizamiq kasaliga chalinganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda Ukraina – 30 ming kishi, Fillipin – 13 ming kishi, Braziliya – 10 ming kishi.

Yangiliklar lentasi
0