TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqida Ukraina prezidentining matbuot xizmati 12-mart kuni xabar qildi.
“Savchenko Yuriy Vasilyevich Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan bo‘shatilsin”, - deyilgan farmonda.
Yuriy Savchenko hozir 65 yoshda, u 2010-yildan buyon Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.