Avtobus bekatini "parkovka" qilgan haydovchilar jazolandi

© Press-slujba GUVD TashkentaTashkentskix voditeley prouchili za neuvajenie k okrujayushim
Tashkentskix voditeley prouchili za neuvajenie k okrujayushim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda jamoatchilikni mensimasdan avtombillarini avtobus bekatida qoldirib ketgan haydovchilar jazolandi.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zini hurmat qilgan odam, o‘zgalarga ham behurmatlik qilmaydi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.

Kecha, Toshkent IIBBga jurnalistlar murojaat qilib, avtoulovlarini avtobus to‘xtash joyida qoldirib ketgan haydovchilar haqida xabar qilishgan.

© Press-slujba GUVD TashkentaTashkentskix voditeley prouchili za neuvajenie k okrujayushim
Avtobus bekatini parkovka qilgan haydovchilar jazolandi - Sputnik O‘zbekiston
Tashkentskix voditeley prouchili za neuvajenie k okrujayushim

Ushbu avtomobillar  tufayli odamlar avtobuslar bekatda xavfsiz to‘xtay olmayapti, odamlar avtobusga chiqish uchun yo‘lning o‘rtasigacha kelishga majbur bo‘lishmoqda, deyilgan edi jurnalistlar xabarida.  

YPX inspektorlari ushbu xabarda keltirilgan qonunbuzarlikka nisbatan tezlik bilan chora ko‘rishdi. Qoidabuzarlar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzildi. Avtobus bekati esa avtomobillardan tozalandi.

© Press-slujba GUVD TashkentaTashkentskix voditeley prouchili za neuvajenie k okrujayushim
Avtobus bekatini parkovka qilgan haydovchilar jazolandi - Sputnik O‘zbekiston
Tashkentskix voditeley prouchili za neuvajenie k okrujayushim

Xabar so‘nggida IIBB haydovchilarga yana bir bor haydovchilarga avtoulovlarni bekatlarda qoldirmaslikni hamda “boshqa fuqarolarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish – bu insonning aql va tarbiyasi ko‘rsatgichi ekanini” eslatib qo‘ygan.

Yangiliklar lentasi
0