O‘zbekistonlik ayol ikkita oddiy toshni 15 ming dollarga sotib oldi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDengi
Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Firibgarlar ayolni bu toshlar brilliant ekanligiga ishontira olishgan

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. O‘zbekistonda firibgarlar ayol kishiga qora toshni 15 ming dollarga sotishdi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

Xaker - Sputnik O‘zbekiston
IIV internet tarmog‘idagi firibgarlardan ogohlantirdi

Yovuz niyatli shaxslar 43 yashar Ma’mura G.ga u brilliantlarni xarid qilayotganini aytishgan. Jinoyatchilar savdo ustida qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Markaziy Banki qoshidagi qimmatbaho metallar davlat agentligi probani aniqlash palatasi xulosasiga ko‘ra, jinoyatchilardan olib qo‘yilgan toshlar, qimmatbaho emas va umuman hech qanday qiymatga ega emas.

Ushbu fakt yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi qoshidagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4 bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0