Venesuela amerikalik diplomatlardan mamlakatni 72 soat ichida tark etishlarini talab qildi

© AFP 2023 / SCHNEYDER MENDOZAVoyennoslujashie VS Venesueli
Voyennoslujashie VS Venesueli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Venesuela hukumati AQSh diplomatlariga mamlakat hududini tark etishlari uchun uch kun muhlat berdi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Venesuela hukumati AQSh diplomatlariga mamlakat hududini tark etishlari uchun uch kun muhlat berdi. Bu haqda Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa ma’lum qildi.

Prezident Venesueli Nikolas Maduro  - Sputnik O‘zbekiston
Venesuelada davlat to‘ntarilishi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

“Amerika diplomatik xizmatchilari Venesuela hududini 72 soat ichida tark etishlari shart”, - deya yozdi Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa o‘zining Twitter᾽dagi sahifasida.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh Venesueladagi qolgan barcha diplomatlarni shu hafta davomida chaqirib olmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 21-yanvar kuni Venesuelaning muxolif parlamenti spikeri Xuan Guaido muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtiga o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgan edi. AQSh va boshqa bir qator davlatlar Guaidoni tan olishdi. Rossiya, Xitoy va ayrim davlatlar esa Maduroni qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0