TOShKENT, 12 mar - Sputnik. AQSh delegatsiyasi va "Tolibon" harakati Doxada o‘tkazilgan beshinchi raund muzokaralarning oxirgi kunida terrorizmga qarshi kurash va amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan chiqarish borasida bitim loyihasini tuzdilar, deb xabar qilmoqda TOLOnews telekanali o‘z manbasiga tayangan holda.
"Qog‘ozda" ingliz va pushtu tillarida qayd qilingan bitim tafsilotlari ochiqlanmayapti.
Eslatib o‘tamiz, AQSh 2001-yildan boshlab Afg‘onistonda "Tolibon" va boshqa terroristik guruhlarga qarshi harbiy operatsiyani o‘tkazib keladi. Bu amerika harbiylari ishtirok etgan eng davomli harbiy mojarodir.
AQSh va toliblar o‘rtasida muzokaralarning yangi raundi 25-fevralda boshlangan edi. Sal oldin AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod AQSh va "Tolibon" o‘rtasida muzokaralar samarali kechayotgani haqida xabar bergan edi.