Mirziyoyev: Odamlar bizga ishonyapti, ertangi kunga umid bilan qarayapti

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil obnovlenniy kompleks "Chashma"
Shavkat Mirziyoyev posetil obnovlenniy kompleks Chashma  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari Nurota tumanidagi tarixiy qadamjoni ziyorat qildi, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif doirasida Nurota tumanidagi "Chashma" tarixiy majmuasida bo‘lib, ziyolilar bilan suhbatlashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, davlat rahbari tarixiy qadamjoni ziyorat qildi, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. 

“Chilustun” va “Panjvaqta” masjidlari, Abul Hasan Nuriy maqbarasini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif doirasida Nurota tumanidagi "Chashma" tarixiy majmuasida bo‘lib, ziyolilar bilan suhbatlashdi.
Mirziyoyev: Odamlar bizga ishonyapti, ertangi kunga umid bilan qarayapti - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif doirasida Nurota tumanidagi "Chashma" tarixiy majmuasida bo‘lib, ziyolilar bilan suhbatlashdi.

Shu boradagi loyiha takliflari bilan tanishar ekan, prezident ziyoratchi va chet ellik sayyohlar uchun qulayliklarni oshirish, talab yuqoriligini inobatga olib yana sakson o‘rinli mehmonxona qurish, sayyohlarga xizmat turlarini ko‘paytirib, aholini qo‘shimcha daromad bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Mahalliy aholi vakillari - nuroniylar, tadbirkorlar, xotin-qizlar va yoshlar bilan suhbatda shu kabi rejalar, mamlakatimiz va Navoiy viloyatidagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif doirasida Nurota tumanidagi "Chashma" tarixiy majmuasida bo‘lib, ziyolilar bilan suhbatlashdi.
Mirziyoyev: Odamlar bizga ishonyapti, ertangi kunga umid bilan qarayapti - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif doirasida Nurota tumanidagi "Chashma" tarixiy majmuasida bo‘lib, ziyolilar bilan suhbatlashdi.

Prezident Nurota tumanida ham to‘planib qolgan masalalar bosqichma-bosqich hal etilayotgani, ushbu tashrif chog‘ida yana ulkan rejalar belgilanishini qayd etdi.

“Odamlar bizga ishonyapti, ertangi kunga umid bilan qarayapti. Bu ishonchni har bir rahbar yuragidan o‘tkazib, yangicha dunyoqarash bilan ishlashi, xalqqa xizmat qilishi kerak. Eng katta masala - ish joylari. Hamma harakatlarimiz aholini ish bilan ta’minlash, iqtisodiyotimizni rivojlantirishga qaratilgan”, - dedi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017-yili Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Nurota tumanidagi “Chashma” ziyoratgohi atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, sayyohlar uchun zamonaviy mehmonxona qurish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0