TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari AQSh prezidenti Donald Tramp Alamaba shtatiga rasmiy tashrifi chog‘ida turmush o‘rtog‘i Melaniya Tramp bilan emas, balki boshqa ayol bilan kelganligi haqida bahs-munozara qilishmoqda. Ular Trampni turmush o‘rtog‘ini almashtirib qo‘yganlikda gumonlashmoqda.
President Trump viewing the 23 crosses representing the 23 tornado victims. pic.twitter.com/TgqkWOXLu9
— Sally Pitts (@SallyPitts_WSFA) 8 marta 2019 g.
AQSh rahbari va uning turmush o‘rtog‘i Alabama shtatiga tornadodan jabr ko‘rganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurishdi. Ammo ba’zi internet foydalanuvchilari Tramp o‘z rafiqasi Melaniya bilan emas, balki uning qiyofadoshi bilan kelganligini taxmin qilishmoqda.
Ularning so‘zlariga qaraganda, ayol AQSh birinchi xonimiga qaraganda juda past bo‘yli.
Shuningdek, sinchkov foydalanuvchilar ayolning oyoq kiyimiga e’tibor qaratishdi. Chunki ayol krossovkada kelgan edi. Ular Melaniya Tramp baland poshnali oyoq kiyimlarni kiyishni xush ko‘rishini qayd etishdi.
Ok People! Let’s list all the ways #FakeMelania is different than #RealMelania. What the hell—it’s the weekend, we all deserve some downtime.
— MellyMed🦋 (@mel_med_larson) 9 marta 2019 g.
I’ll go first:
•Chin Shape pic.twitter.com/vl3hDpMx3k
Bundan tashqari, uning terisining rangi ham ularda shubha uyg‘otdi.
Twitter᾽da #FakeMelania xeshtegi ostida qizg‘in munozara boshlandi. “Soxta Melaniya” haqidagi xabarlar 2017-yilda paydo bo‘lgan edi.
President Trump, First Lady Melania Trump land in West Palm Beach, Florida. pic.twitter.com/eVFaw4wgvg
— The Hill (@thehill) 8 marta 2019 g.