GM Uzbekistan yangi opsiyali avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

© GM UzbekistanKompaniya GM Uzbekistan predstavila novuyu Malibu Turbo v eksklyuzivnom svete
Kompaniya GM Uzbekistan predstavila novuyu Malibu Turbo v eksklyuzivnom svete - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan kompaniyasi 2019-yilning mart oyidan yangi opsiyali avtomobillarni ishlab chiqarishni sinov tariqasida yo‘lga qo‘ydi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. GM Uzbekistan xaridorlarga qo‘shimcha qurilma va opsiyalar tanlash imkoni bo‘lgan yangi Plus paketini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan mashina xaridini osonlashtiruvchi yangi xizmatni ishga tushirdi

GM Uzbekistan kompaniyasi 2019-yilning mart oyidan yangi opsiyali avtomobillarni ishlab chiqarishni sinov tariqasida yo‘lga qo‘ydi. Xaridorlar yangi opsiyali avtomobillar uchun joriy yilning 15-mart kunidan e’tiboran rasmiy dilerlar orqali shartnoma tuzishlari mumkin bo‘ladi. Mart oyida shartnoma tuzgan xaridorlarning yangi opsiyali ilk avtomobillari 2019-yilning iyun oyida yetkazib beriladi.

Yangi avtomobil opsiyalari modifikatsiyasiga qarab quyidagi opsiyalarni o‘z ichiga oladi:

• O‘rindiq va old oynalarni isitish;
• Rulning charm qoplamasi;
• Qo‘shimcha shovqin izolyatsiyasi; 
• Radiatorning xrom bilan qoplangan panjarasi; 
• Masofada boshqariladigan orqa ko‘rinish oynasi; 
• Elektron turg‘unlik tizimi; 
• Shina bosimi monitoringi tizimi va boshqalar.

Dastlabki bosqichda qo‘shimcha opsiyalar bilan Spark, Nexia va Lacetti avtomobillari jihozlanadi, keyinchalik esa ushbu ro‘yxat Cobalt modeli bilan to‘ldiriladi.

Tracker va Malibu avtomobillariga foizsiz to‘lov 2-yilga uzaytirildi

2019 yilda yangilangan qo‘shimcha opsiyalar ro‘yxati hamda ular bilan jihozlanadigan avtomobillar soni ortib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan kompaniyasining Nurafshon shahrida joylashgan “Nurafshon Avtocentr” avtosaloni xaridorlarga avtomobil xaridi jarayonida qulaylik yaratish maqsadida Kupicar.uz yangi savdo platformasini ishga tushirgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0