TOShKENT, 11 mar - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 12-martdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 18,86 so‘mga arzonlashgan va 1 dollar 8374,10 so‘mni tashkil etgan.
1 yevro kursi 135,34 so‘mga pasayib, 9410,81 so‘mga tushgan.
1 rubl esa 1,24 so‘mga arzonlashib, 126,18 so‘mga teng bo‘lgan.
© SB UzbekistanaDollar i yevro podesheveli k sumu: SB Uzbekistana opublikovalo kurs valyut
Dollar i yevro podesheveli k sumu: SB Uzbekistana opublikovalo kurs valyut
Qayd etish joizki, O‘zbekistonda dollar kursi ikkinchi hafta pasaymoqda. O‘tgan hafta ham dollarning rasmiy kursi 10,23 so‘mga arzonlashgan edi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.