O‘taketgan shafqatsizlik: Moskvada maugli-qizcha topildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishPolitsiya i skoraya pomosh
Politsiya i skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya politsiya va FVV xodimlari 10-mart kuni Moskva shahrida onasi o‘z uyida bir necha kun qarovsiz qoldirgan 5 yashar qizaloqni qutqarishdi.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Rossiya politsiya va FVV xodimlari 10-mart kuni Moskva shahrida onasi o‘z uyida bir necha kun qarovsiz qoldirgan 5 yashar qizaloqni qutqarishdi. Qizaloq antisanitar sharoitlarda kun kechirgan. U istiqomat qilgan xona axlatxonaga o‘xshaydi.

Rossiya Bosh tergov qo‘mitasining ma’lum qilishicha, qizcha kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda qizaloqning onasi qo‘lga olingan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

So‘roqda ayol yolg‘iz ona ekanligi va u ishga yoki ishlari bo‘yicha biror joyga ketayotib, qizini uyda uzoq bo‘lmagan muddatga yolg‘iz qoldirishga majbur bo‘lganligini ma’lum qildi. U olingan kredit va kommunal xizmat qarzlari sababli uyni sotib, qizi bilan tanishining uyiga vaqtinchalik ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lganini aytdi. Tergovchilar ushbu ma’lumotlarni sinchkovlik bilan tekshirib chiqishadi.

© Press-slujba Sledstvennogo komiteta RFKvartira na Leningradskom shosse v Moskve, gde bil obnarujen broshenniy rebenok
O‘taketgan shafqatsizlik: Moskvada maugli-qizcha topildi - Sputnik O‘zbekiston
Kvartira na Leningradskom shosse v Moskve, gde bil obnarujen broshenniy rebenok

RIA Novostining xabar qilishicha, qizcha krovatda uxlashga o‘rganmagan va suvdan qo‘rqadi.

“Shuningdek, biz u 2015-yilgacha nazoratda bo‘lgan poliklinika mudiri bilan suhbatlashdik. U doimiy ravishda nazorat ostida bo‘lgan va uning rivojlanishi yoshiga mos bo‘lgan. Lekin, afsuski, hozir bola gapirmaydi. Biz uning oldida bo‘lganimizda churq etmadi. Menga u flomasterdan qanday foydalashni ham bilmaydiganday tuyuldi”, - dedi Rossiya prezidenti huzuridagi bola huquqlari bo‘yicha ombudsmen Anna Kuznetsova.

Hozirda qizchaning onasini ota-onalik huquqidan mahrum etish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0