TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sudyalarning XI qurultoyida sudyalar to‘g‘risida hadis aytib berdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.
Qirg‘iziston rahbari hadisda payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday deganlar: uch xil sudyalar bo‘ladi - ikkitasi do‘zaxga, biri esa jannatga tushadi.
“Agar sudya adolatli qaror chiqarsa, uning joyi jannatda bo‘ladi. Ishni yaxshi tushunmasdan hukm chiqargan yoki haqiqatni bilib turib, adolatsiz qaror chiqarganlarni esa do‘zax kutadi”, - deya hadisdan misol keltirdi Qirg‘iston prezidenti.
Jeenbekov hech kim sudyalar qarorini bekor qila olmasligini eslatib, ulardan buni hamisha yodda tutishlarini so‘radi. Shuningdek, u hayot qisqaligi va “barchamiz Yaratgan oldida javob beramiz”, deb qo‘shimcha qildi.