Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

© uzbekistan24Shaxram Giyasov, zolotaya medal
Shaxram Giyasov, zolotaya medal  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shahram G‘iyosovning o‘zi bo‘lajak raqib ancha tajribali bo‘lishi, Lukas Mattis va Menni Pakyao kabi nomdor charm qo‘lqop ustalari bilan to‘qnash kelgani haqida ma’lumot bermoqda.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi 26-aprelda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi xabar qilmoqda.

Uzbekskiy bokser Shaxram Giyasov - Sputnik O‘zbekiston
Shahram G‘iyosov: “Yaqin orada yana jang qilaman, 10 kundan so‘ng tafsilotlar aniq bo‘ladi”

Xabarda yozilishicha, hozircha raqib va jang o‘tkaziladigan joy borasida aniq to‘xtamga kelinmagan. Shahram G‘iyosovning o‘zi bo‘lajak raqib ancha tajribali bo‘lishi, Lukas Mattis va Menni Pakyao kabi nomdor charm qo‘lqop ustalari bilan to‘qnash kelgani haqida ma’lumot bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov Meksikaning Tixuana shahrida 23-fevral kuni bo‘lib o‘tgan jangda meksikalik raqibini texnik nokautga uchratgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0