TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Rossiyalik xonanda Sergey Lazarev Isroilda bo‘lib o‘tadigan “Yevrovidenie-2019” musiqa tanlovida ishtirok etish uchun ijod qilgan qo‘shig‘ini omma e’tiboriga havola etdi.
Qo‘shiq inglizcha Scream (“Farod”) deb ataladi.
Mazkur qo‘shiq Filipp Kirkorov va yunon bastakori Dimitris Kontopulos tomonidan yaratilgan.
“Yevrovidenie-2019” musiqa tanlovi 14-18 may kunlari Isroilning Tel-Aviv shahrida bo‘lib o‘tadi. Xonanda Sergey Lazarev Rossiya sharafini himoya qiladi.
Qayd etish joizki, Lazarev ushbu tanlovda ikkinchi marotaba ishtirok etmoqda. 2015-yil qo‘shiqchi You’re The Only One qo‘shig‘i bilan uchinchi o‘rinni egallagan edi.