Dayver va suratchi Rayner Shimpf o‘z jamoasi bilan tabiatning nodir hodisasini suratga olish uchun dengizga chiqadi. Ular pingvinlar, tulenlar, delfinlar, kitlar va akulalar sardina baliqlaridan tashkil topgan “ziyofat”ga yig‘ilish hodisasini suratga olishga qaror qilishadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sardina baliqlari ichida suzayotgan akulani suratga olish paytida kitning og‘ziga ilinadi. Biroq, Shimpfni yutib yuborgan kit uni chiqarib tashlaydi. Chunki kitlar tabiatdan odamxo‘r emas.
Dengiz sir-asrorlari: suv osti mavjudotlarining taajjubga boy suratlari