"Toshkent malikasi" Nargiza Olimova go‘zal bo‘lishning oddiy usulini aytdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNargiza Olimova, pervaya "Miss Tashkenta"
Nargiza Olimova, pervaya Miss Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Toshkent go‘zali - 89" Nargiza Olimova bugungi kunda ellik yoshdan oshgan, shu paytga qadar salonlarga qatnamagan. Qoshini termagan. Yuz parvarishida oddiy o‘zbekona vositalardan foydalanishni afzal biladi.

TOShKENT, 9 mar - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. "Toshkent go‘zali - 89" tanlovi g‘olibasi Nargiza Olimova Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan intervyuda go‘zallik siri bilan bo‘lishdi va platik jarrohlikka nisbatan munosabatini bildirdi.

Devushka byet grushu - Sputnik O‘zbekiston
Go‘zallik – dahshatli kuch: eng chiroyli UFC kurashchi ayollar ro‘yxati

Ayollar go‘zalligi etaloni haqida to‘xtalar ekan Olimova, go‘zallik siri, jozibasi - tabiiylikda ekanini ta’kidlaydi.

"Mana hozir o‘lkamizda bahor. E’tibor bersangiz, ayol ko‘nglini ko‘tarishmoqchi bo‘lsalar ham "Voy, bahordek ochilib ketibsiz", deya xushomad qilishadi. Chunki eng go‘zal fasl bahor. Bahorda daraxtlar gullaydi, atrof gullarga burkanadi - hammasi tabiiy kechadi va mana shu tabiiylik barchani o‘ziga maftun qilib qo‘yadi. Shu bois, inson - tabiiyligi bilan go‘zal", - deydi O‘zbekiston go‘zali.

Olimovaning aytishicha, chiroyli bo‘lish uchun har kuni ko‘zgu oldida soatlab o‘tirish shart emas.

"Ehtimol, kimgadir g‘ayritabiiy tuyular, lekin men momolarimizdan meros - o‘sma qo‘yishdan charchamayman. Hozirgacha qoshimni termaganman, o‘sma qo‘yaman, ma’qul ko‘rsam, yuzimga upa, kipriklarimga yengilgina tush qo‘yishim mumkin. Bundan tashqari, haligacha sochimni qatiqqa yuvaman. Yuzim terisini ham qatiq bilan parvarishlab turaman, bu erta ajin tushishining oldini oladi", - deya kundalik pardozi haqida ma’lumot beradi bugungi kunda yoshi 50dan oshgan Olimova.

Toshkent go‘zali bugungi kunda ayollar orasida "urf" bo‘lgan plastik-jarrohlikni oqlamasligini qo‘shimcha qiladi.

"Bugungi kunda yurtimizdagi do‘konlar yuz terisini parvarishlash uchun kosmetik vositalarga to‘la. Shuning o‘zi yetarli, fikrimcha. Plastik jarrohlik tufayli esa "bir xil" qiyofalar ko‘payib bormoqda. Ayol kishi Alloh tomonidan berilgan o‘ziga xoslik bilan ajralib turishi kerak-ku?!", - deydi Olimova.

Nargiza Olimova — birinchi va yagona "O‘zbekiston go‘zalidir". Sohibjamolga eng oliy mukofot - Gran-prini olib bergan tanlov "Toshkent go‘zali" deb nomlangan va 1989-yilda o‘tkazilgan. Ushbu e’tirofga sazovor bo‘lish uchun oddiy o‘zbek qizi boshdan nelarni kechirgani, va nima uchun haligacha o‘zini "malika" hisoblamasligini Nargiza-opa Sputnikka bergan eksklyuziv intervyusida gapirib bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0