TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari “kutilmagan vaziyat tufayli” 7-mart jadvaliga o‘zgarish kiritganini xabar qildi.
O‘zgarishlar Toshkentdan Frankfurt, Milan va Bishkekka uchuvchi parvozlarga taaluqli bo‘ladi. Xususan, ushbu parvozlar uchish va qo‘nish vaqtlari o‘zgartirildi:
HY-231 Toshkent - Frankfurt parvozi soat 09:30 ga ko‘chiriladi, manziliga yetish vaqti 12:00.
HY-255 Toshkent - Milan ham 09:30 da uchib, Milanga – 12:30 da yetib keladi.
HY-777 Toshkent - Bishkek parvozining uchish va qo‘nish vaqtlari 10:20 – 12:30ga o‘zgartirildi.
O‘zbekiston havo yo‘llari ushbu noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan kechirim so‘raydi va qo‘shimcha ma’lumot uchun aviakompaniya bilan bog‘lanishni so‘raydi.