Xumo Arena 7 qavatdan iborat bo‘lib, uning umumiy maydoni 82 ming metr kvadrat. Majmua 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Shuningdek u yerda 1600 o‘rinli avtoturargoh bor.
Bino qurilishida 4 mingdan ortiq ishchilar ishlagan, Germaniya, Rossiya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlardan 10 dan ortiq hamkor kompaniyalar jalb qilingan.
Humo Arena umumiy qiymati - 1,5 trillion so‘m bo‘lib, undan 185 million AQSh dollari - xorijiy investitsiyalardir.