TOShKENT, 6 mar – Sputnik. Toshkentda propiska olib beradigan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi.
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalining ma’lum qilishicha, hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori 5-mart kuni qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 79 ta tashkilot mavjud edi.