TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Rossiya poytaxti Moskva shahrida 8-mart bayrami arafasida 19 nafar ayolga tantanali ravishda Rossiya pasportlari topshirildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Pasportlarni topshirish marosimi Rossiyaning Moskvadagi IIV Bosh boshqarmasining migratsiya masalari bo‘yicha boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.
Ukraina, O‘zbekiston, Belarus, Armeniya va Moldova fuqarolari Rossiya fuqaroligini qabul qilishdi.
Qayd etilishicha, pasport olganlar orasida bir nafar erkak shifokor ham bor. Uning tibbiyot sohasida ko‘rsatgan xizmatlarini inobatga olib, unga ham tantanali ravishda pasport topshirishga qaror qilishgan.