O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi, yevro esa ko‘tarildi

© Nguyen Huy KhamDollari
Dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy banki 5-martdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

TOShKENT, 4 mar - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 5-martdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 10,23 so‘mga arzonlashgan va 1 dollar 8392,96 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 16,09 so‘mga ko‘tarilib, 1 yevro 9546,15 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 Rossiya rubli 1,29 so‘mga tushdi va 127,32 so‘mga teng bo‘ldi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Yangiliklar lentasi
0