TOShKENT, 4 mar – Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llarining shanba kuni Sankt-Peterburg aeroportida yo‘lakdan chiqib ketgan samolyotiga uchishga ruxsat berildi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
“Boeing-767 UK67008 sonli samolyotiga texnik mutaxassislar ko‘rigidan keyin parvozga ruxsat berildi.Muzlashga qarshi suyuqlik bilan ishlov berilganidan so‘ng samolyot Sankt-Peterburg—Tashkent yo‘nalishida HY632-sonli parvozni amalga oshirish uchun Pulkovo aeroportida soat 21:55 da uchib ketdi”, - deyilgan Milliy aviakompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 2-mart kuni O‘zbekiston havo yo‘llarining Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishida parvoz amalga oshirayotgan samolyoti qo‘nish vaqti yo‘lakdan chiqib ketgan edi. Hodisa natijasida yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelmagan va samolyot shikastlanmagan.