O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi chog‘ida kutilmaganda zamonaviy gipermarketlardan biriga kirib, do‘kondagi mahsulot narxlarini tekshirdi.
Prezident do‘konlardagi narxlar bilan tanishib chiqib, rastalarni mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish zarurligini qayd etgan.
Prezidentning fikriga ko‘ra, bu o‘z navbatida narxlarni pasaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.