O‘zbekiston harbiylari qorli tog‘ sharoitida o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Obuna bo‘lish
Askarlar 2500 – 3000metr balandlikda  joylashib olgan "noqonuniy jangovar uyushmani" yo‘q qilishga qaratilgan taktik mashqlarini bajarishdi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligining tog‘ sharoitida o‘quv-tayyorlov markazida 45 kunlik tayyorgarlik mashqlari bo‘lib o‘tdi.

Ob-havo sharoiti o‘zgaruvcha bo‘lishiga qaramasdan: kunduzi -4 -6 daraja kechasi– 20 daraja, askarlar  tog‘ chang‘isida harakatlanish, balandlik  va daryo to‘siqlarini kesib o‘tish, tog‘ sharoitida jang olib borish kabi barcha mashqlani bajarishdi.

“Tizzadan baland qalin qor yog‘ishi - askarlar uchun haqiqiy bardoshlilik sinovi bo‘ldi”, - deyilga Mudofaa vazirligi xabarida.

Harbiy xizmatchilar tayyorgarlik doirasida dengiz sathidan 2,5 – 3 ming metr balandlikda  noqonuniy jangovar uyushmani yo‘q qilishga qaratilgan taktik mashqlarini bajarishdi.

Yangiliklar lentasi
0