TOShKENT, 3 mar – Sputnik. Germaniyaning eng mashhur musiqiy jamoalaridan biri Arabeski (Arabesque) guruhi solisti Mikaela Rouz uzoq yillar davomida o‘z otasini qidirgani ekan.
Uning onasi o‘limi odidan otasi Sovet Ittifoqidan kelgan o‘zbek yo tojik bo‘lganligini aytgan. Shundan so‘ng Mikaelada qarindoshlarini topishga umid paydo bo‘ladi.
Yaqinda esa uning orzusi ushaldi. Rossiyaning ORT telekanalidagi "Pust govorat" teleko‘rsatuvi Mikaelaga o‘z otasining qarindoshlarini topishga yordam berdi.
Mashhur xonandaning qarindoshlari hozir ham buxoroda yashar ekan. Voqea qanday bo‘lganini bir boshidan quyidagi videoda tomosha qiling.