TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II qo‘lidagi ulkan ko‘karish qirollik fuqarolarini qo‘rqitib yubordi, deb xabar qilmoqda The Daily Mirror tabloidi.
Yelizaveta va malika Anna Bukingem saroyida Iordaniya qiroli Abdulla II va qirolicha Raniyani, shuningdek, merosxo‘r shahzoda Xusaynni qabul qilishgan.
Today The Queen, with The Princess Royal, hosted Their Majesties The King and Queen of the Hashemite Kingdom of Jordan, @KingAbdullahII and @QueenRania, and their son The Crown Prince at Buckingham Palace. pic.twitter.com/jMjdm5na8h
— The Royal Family (@RoyalFamily) February 28, 2019
Internet tarmog‘ida tarqalib ketgan qabul chog‘ida olingan suratlarda qirollik oilasi muxlislari monarx qo‘lida ulkan ko‘k dog‘ni ko‘rganlar.
Yelizavetaning "siyohrang qo‘li" britaniyalik foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
"Xudoyim... Hazrati oliyalarining qo‘llarini yaralashgandek ko‘rinmoqda... Jarohat tezda bitib ketadi, deb umid qilaman", — deb yozgan yuzerlardan biri Twitterda.
"Mazalari yo‘q", — degan yana biri.
Ta’kidlanishicha, qirolichaning qo‘li biron bir kasallik oqibatida g‘alati rangga kirgan.