Ulkan muz ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan amerikalik kampir dengizga oqib ketdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishBelaya medveditsa s medvejonkom v rayone arxipelaga Zemlya Fransa Iosifa v Barensevom more
Belaya medveditsa s medvejonkom v rayone arxipelaga Zemlya Fransa Iosifa v Barensevom more - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol taxtni eslatuvchi muz bo‘lagini ko‘rib qolib, o‘zini malika his qilish maqsadida, "taxt" ustiga chiqishni xohlab qoldi

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Amerikaning Texas shtatidan bo‘lgan ayolni u muz ustida kamera qarshisida suratga tushganidan keyin, zudlik bilan qutqarishga to‘g‘ri keldi

​Hodisa 77 yashar Judit Strengning Islandiyaga sayohati vaqtida yuz berdi. Ayol o‘g‘li bilan dengizning marjon orollari bilan o‘ralgan qirg‘oq qismiga yaqin joyda sayr qilib yurgan edi.

Rossiyada 13 yoshli qiz selfi olaman deb o‘zini otib qo‘ydi

Juditning so‘zlariga ko‘ra, u hamisha o‘zini qirolicha his qilishni xohlagan. Sayr davomida ayol ko‘rinishi taxtni eslatuvchi muz bo‘lagini ko‘rib qolgan, darhol uning ustiga chiqib, o‘g‘lidan o‘zini suratga olib qo‘yishni so‘ragan. Fotosessiya vaqtida muz bo‘lagi dengiz to‘lqini ostida qolgan va u Judit bilan birga ochiq dengizga suzib ketgan.

Ayolni baxtli tasodif tufayli o‘sha yerdan o‘tib ketayotgan notanish yo‘lovchi qutqarib qolgan. Keyinchalik erkakning kema kapitani ekani aniqlangan. Kapitan sovuqdan "dir-dir" qaltirayotgan "fotomodel"ni suvdan chiqarib, qirg‘oqqa qaytargan.

Juditning o‘g‘li onasi suratlarini kenja qiziga yuborgan, qizaloq keyinchalik bu suratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Nabirasi tufayli "qirolicha" buvining suratlari internetda yashin tezligida tarqalib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0