Yuriy Stoyanov o‘zbek yumoristlari va senzura haqida

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishP/k, posvashennaya proyektu "Kino na ssene"
P/k, posvashennaya proyektu Kino na ssene - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston chinakam yumorning shamadan farqi, umuman qiziqchilik sohasini tartibga solish mumkin-mumkin emasligi haqidagi savollar bilan rossiyalik aktor va rejissor Yuriy Stoyanovga murojaat qildi.

Rossiyalik aktor, rejissor va "Gorodok" (Shaharcha ma’nosida, tahr.) yumoristik ko‘rsatuvi yaratuvchilaridan biri Yuriy Stoyanov Sputnik nashriga bergan intervyusida kulgiga olib bo‘lmaydigan mavzular borasida, chinakam yumorning bemaza shamadan farqi haqida hamda nima uchun o‘z-o‘zini senzura qilish senzuradan ko‘ra dahshatliroq ekanligi haqida gapirdi.

Million guruhi - Sputnik O‘zbekiston
Shamani shama qilgan "MILLION"

"O‘zbekkonsert" davlat agentligi estrada olamida astoydil bolalab ketgan "bemaza va uyatsiz hazillarga" qarshi kurashish maqsadida respublikada "Yumoristlar klubi"ni tashkil etish taklifi bilan chiqmoqda. Ushbu tashabbus qiziqchi Halima Ibragimova va "Bravo" kamedi-guruhi bilan yuz bergan navbatdagi janjaldan keyin ilgari surilgan. Artistlar ijtimoiy tarmoqdagi uyatsiz gaplari, davlat litsenziyasi talablarini buzganliklari va dastur ssenariysidan chetga chiqqanliklari uchun litsenziyadan mahrum etilgan edilar.

Sputnik O‘zbekiston chinakam yumorning shamadan farqi, umuman qiziqchilik sohasini tartibga solish mumkin-mumkin emasligi haqidagi savollar bilan rossiyalik aktor va rejissor Yuriy Stoyanovga murojaat qildi.

Artist suhbat boshidayoq har bir alohida holat bo‘yicha mamlakatda mavjud yuridik va axloq normalarini inobatga olgan holda qaror qabul qilinishi kerakligini aytib o‘tdi.

Uzbekskaya aktrisa i yumoristka Xalima Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
Halima xalqdan uzr so‘radi, u o‘z litsenziyasini qaytarishga harakat qiladi

"Agar qonun buzilgan bo‘lsa, har bir aniq holat bo‘yicha ushbu janrning barcha vakillari emas, balki aniq shaxs javob berishi lozim. O‘zbeklar - dono va saxiy xalq, ulkan tarixga ega, o‘ylaymanki, ular bu holatni avvalo qonun, o‘zlarining madaniyati va eng yaxshi sifatlariga tayanib hal etadilar", - dedi Stoyanov.

Akterning fikricha, san’atning har qanday turida, xususan, yumor janrida ham har qanday ta’qiq deyarli samara bermaydi, chunki hajviya sohasi o‘z shaxsiy qonun-qoidalariga ko‘ra rivojlanadi.

"San’at - bu dengiz: uning o‘zi kemalarni cho‘ktiradi, taqdiriga yashash yozilganlarni - qirg‘oqqa, kimlarnidir - kimsasiz orolga uloqtiradi. Uning o‘zi "musor"ni qirg‘oqqa chiqaradi, o‘z-o‘zini tozalaydi. Lekin bu dengiz juda ifloslanib ketgan bo‘lsa, qo‘shilaman, bu katta muammo. Lekin buni qandaydir cheklovlar bilan tartibga solish kerak emas. Bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan holat. Iqtidorsizlar - uloqtiriladi, iste’dod sohiblari qoladi", - deb qayd etdi artist.

Yumordagi shamalar va axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan tuturiqsiz gaplar haqida to‘xtalar ekan, Stoyanov, har bir inson qaysi mamlakatda ekan, qaysi vaqtda va nimaning ustidan kulayotganini unutmasligi lozimligini ta’kidladi. Shu bois, millatning o‘ziga xosligini unutmagan holda, an’analarga rioya etilishi kerak.

"Tuturiqsiz mutoyiba haqida oddiy formula mavjud: agar hazilda qandaydir axloqsiz gap bo‘lib, usiz hazil - hazil bo‘lmasa, demak bu yumor faqat leksikaga tayangan ekan. Agar bu so‘z jumlaga qandaydir joziba berib tursa, bu boshqa gap, albatta. Lekin global ma’noda zamonaviy yumorning bosh muammosi - senzurasiz gaplarda, deb bilmayman. Tuturiqsiz hazil - bu zerikarli va iqtidorsiz hazildir. Do‘kon zaveduyushiylari, yomon rahbarlar, qaynona va santexnik haqidagi hazillar tuturiqsiz hazilga kiradi", - dedi Stoyanov.

Odildjon Abdukaxxarov - predsedatel Uzbekkonserta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston san’atkorlari ro‘yxati 70% yangilandi - "O‘zbekkonsert" rahbari

"Ba’zan o‘z-o‘zini senzura qilish - oddiy senzuradan ko‘ra dahshatliroq bo‘lishi mumkin. Men o‘zim o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lgan kishilar avlodiga kiraman. O‘z-o‘ziga nisbatan talabchanlik - sizni barbod qiladi, chunki siz o‘zingizga o‘zingiz ta’qiq qo‘yasiz. Shu bilan birga, shu bilan birga, elementar, umuminsoniy va oddiy qoidalar bor: kasallar, kambag‘allar va mahbuslar ustidan kulish mumkin emas. Xafa qilish va tahqirlash - bu bir xil narsamas. Odamlar o‘zlari xafa bo‘lishadi, ba’zan arzimagan sabablar bilan, tahqirlash esa - bu atay o‘ylab qilingan narsa. Ammo ba’zan bu omilik tufayli, inson yetarlicha ta’lim olmagani bois, kimnidir tahqirlaganini tushunmasa, bundan yomoni yo‘q", - deya tushuntiradi aktor.

Stoyanovga ko‘ra, saviyasi past, tahqirlash ma’nosiga ega san’at turi bilan ta’qiqlar emas, balki tarbiya va ma’rifat orqali kurash olib borish lozim.

"Tarbiya va ta’lim - bir qarashda unchalik sermahsul va tezkor natijani bermasada, lekin bu ushbu muammoni hal etishning asosiy yo‘lidir", - deydi artist.

Stoyanovning fikricha, hukumat fikriga ko‘ra, saviyasi past va tuturiqsiz yumor-guruhlari chiqishlari zallarni to‘ldirayotgan ekan, ularni ta’qiqlash kerak emas, balki madaniyat va san’atda bu holatga qarshi, zalni to‘ldiradigan boshqa chiqishlarni yaratish lozim.

Yangiliklar lentasi
0