https://oz.sputniknews.uz/20190301/Vagondagi-tshak-orasiga-yashirilgan-pnevmatik-urol-ismlari-fosh-etildi-10947650.html
Vagondagi to‘shak orasiga yashirilgan pnevmatik qurol qismlari fosh etildi
Vagondagi to‘shak orasiga yashirilgan pnevmatik qurol qismlari fosh etildi
Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekistonga pnevmatik qurol qismlarini olib kirishga uringan fuqaro aniqlandi. 01.03.2019, Sputnik O‘zbekiston
2019-03-01T19:39+0500
2019-03-01T19:39+0500
2019-03-01T19:39+0500
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2019
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar
Vagondagi to‘shak orasiga yashirilgan pnevmatik qurol qismlari fosh etildi
Qoraqalpog‘iston bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekistonga pnevmatik qurol qismlarini olib kirishga uringan fuqaro aniqlandi.
TOShKENT, 1 mar - Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekistonga pnevmatik qurol qismlarini olib kirishga uringan fuqaro aniqlandi.
O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Moskva-Toshkent” yo‘lovchi poyezdida fuqaro Yu.S.ning yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Natijada ushbu shaxs vagon to‘shagiga o‘rab yashirgan holda 7 xil turdagi pnevmatik qurollarning 446 dona qismlarini O‘zbekistonga olib kirishga uringanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.