Tracker va Malibu avtomobillariga foizsiz to‘lov 2-yilga uzaytirildi

© Podrobno.uzGM Uzbekistan zapustit proizvodstvo kompaktnogo krossovera Chevrolet Tracker
GM Uzbekistan zapustit proizvodstvo kompaktnogo krossovera Chevrolet Tracker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda xaridor 215 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu Turbo, 190 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu, hamda 128 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini ikki yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi.

TOShKENT, 1-mart – Sputnik. GM Uzbekistan Tracker va Malibu avtomobillariga foizsiz to‘lov muddatini 2-yilga uzaytirdi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, endilikda xaridor 215 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu Turbo, 190 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu, hamda 128 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini ikki yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi.

Avtosalon GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan xaridorlarga ogohlantirish bilan chiqdi

Shartnoma tuzilgan vaqtda “O‘zagrosug‘urta” mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 4,5% miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 2% miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi. Shunda avtomobillar uchun sug‘urta to‘lov summasi quyidagicha bo‘ladi:

Tracker A/T — 1 753 611 (2%) va 3 945 625 (4,5%)
Tracker M/T —1 126 177 (2%) va 2 533 898,48 (4,5%)
Malibu — 1 715 635 (2%) va 3 860 178 (4,5%)
Malibu Turbo— 1 741 244 (2%) va 3 917 799 (4,5%)

Aytish joizki, avtomobil uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan AJ va “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan birgalikda Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarini 1-yilga muddatli to‘lov orqali sotib olish bo‘yicha yangi xizmat ishlab chiqqan edi.

Yangiliklar lentasi
0