Qozog‘iston Qirg‘izistondan kartoshka va olma olib kirish bo‘yicha cheklovni bekor qildi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishTorgovlya na optovo-roznichnom rinke
Torgovlya na optovo-roznichnom rinke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vaqtinchalik cheklovlar meva va savzavot mahsulotlarida zararli hasharotlar aniqlanganligi sababli kiritilgandi.

TOShKENT, 1 mar – Sputnik. Qozog‘istonda Qirg‘izistondan kartoshka, olma va xurmo olib kirish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlarni bekor qilish haqida bayonnoma imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati xabar qildi.

Turizm na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
Anor va zararli qurt: “O‘zdavkarantin” Qozog‘iston taqiqi bo‘yicha izoh berdi

28 fevral kuni Ostonada Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Jenish Razakov Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Jenis Kasimbekov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Qirg‘iziston veterinariya va fitosanitariya xavfsizligi bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqilib, meva va savzavotlarni olib kirish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston O‘zbekiston anorini, Qirg‘iziston kartoshkasi, olmasini va xurmosi kiritilishiga ta’qiq qo‘ygandi.

O‘zdavkarantin” Qozog‘istonning O‘zbekistondan anor olib kirishga qo‘ygan taqiqi bo‘yicha bayonot tayyorlagandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni Qozog‘iston vakolatli idoralari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Yangiliklar lentasi
0