TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Toshkentida viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar 13 kg. 16 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Xabarda qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Bunyodkor mahallasi Uzumzor ko‘chasida yashovchi fuqaroning uyi omborxonasida berkitib saqlayotgan 13 kg. 16 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topilgan.
Giyohvandlik moddasi ichki ishlar xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.