AQSh Putin uchun maxsus qonun ishlab chiqdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishNyu-York nakanune viborov prezidenta SShA
Nyu-York nakanune viborov prezidenta SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shma Shtatlar Rossiya prezidenti qancha daromad qilishini bilishga qiziqmoqda

TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari kongressmenlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti daromadlari ochiqlanishini talab etadigan "Vladimir Putinga nisbatan transparentlik to‘g‘risida"gi qonunchilik loyihasini ishlab chiqdi.

Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Yevropada qurol joylashtirsa, Rossiya o‘z raketalarni AQShga yo‘naltiradi - Putin

Hujjat to‘g‘risida Respublikachilar partiyasidan palata vakili Elis Stefanik xabar qildi.

Qonunchilik loyihasiga binoan, amerika razvedkasi kongressga Rossiya prezidenti daromadlari va mol-mulki xususida ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. Ushbu tashabbus muallifi Demokratik partiya vakillari Stefanik va Valdes Demingslardir.

Sal oldin AQSh kongressi saytida Moskvaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar kiritilishini nazarda tutuvchi (Defending American Security from Kremlin Aggression Act, DASKA) qonunchilik loyihasi e’lon qilingan edi. Ushbu hujjat iqtisodiy cheklovlarni joriy etishdan tashqari, "Vladimir Putinning shaxsiy boyliklari va aktivlari" to‘g‘risida hisobot tuzilishini ham nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0