O‘zbekistonlik huquq himoyachisi Isroilda vafot etdi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Mediabankka o‘tishKupol mecheti
Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1940 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Marat Zohidovning vafot etgani to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga 2019-yilning 24-fevral kuni diplomatik vakolatxonaga ushbu mamlakatga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelgan, 1940-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Marat Zohidovning vafot etgani to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Isroil hukumatining ruxsati va qarindoshlarining roziligi bilan marhumning jasadi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining navbatdagi reysida Toshkentga yuboriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0