Misrda fojia: vokzaldagi yong‘in 28 kishining umriga zomin bo‘ldi – video

© REUTERS / AMR ABDALLAH DALSHTragediya v Kaire: pojar na vokzale unes jizni lyudey
Tragediya v Kaire: pojar na vokzale unes jizni lyudey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poyezd katta tezlikda Qohira markazidagi Ramzis vokzali platformasiga kelib urilgan.

TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Misr poytaxti Qohira shahri markazidagi Ramzis temir yo‘l stansiyasidagi yong‘in oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi va 50 dan ortiq kishi jarohatlandi, Misr transport vaziri Xisham Arafat esa iste’foga chiqarildi. Bu haqda RIA Novostiga Misr Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba xabar qildi.

“28 kishi halok bo‘ldi va 50 dan ortiq kishi jarohatlandi”, - deya ma’lum qilgan agentlikka manba.

Qayd etilishicha, chorshanba kuni poyezd katta tezlikda Qohira markazidagi Ramzis vokzali platformasiga kelib urilgan. To‘qnashish oqibatidan yoqilg‘i bak yonib, portlab ketgan. So‘ngra yong‘in platforma va vagon bo‘ylab tarqalgan.

Hozirda hodisa joyida qutqaruvchilar va prokuratura ish olib bormoqda. Misr bosh vaziri Mustafi Madbuli Ramzis vokzaliga tashrif buyurib, qisqa vaqt ichida hodisa gunohkorlarinitopib, jazolashga va’da berdi.

Yangiliklar lentasi
0