TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Dushanbedagi shifoxona jonlantirish bo‘limida bo‘lgan quruvchilardan biri vafot etdi.
Shu haftada Markaziy Osiyoda eng katta masjid qurilishida fojia yuz berdi. Narvon qulashi oqibatida 60 metrlik balandlikdan 9 nafar quruvchi tushib ketdi.
“Dushanbedagi Markaziy masjidi qurilishida narvon qulashi oqibatida tushib ketgan quruvchilardan biri og‘ir ahvolda shifoxona yetkazildi. U o‘ziga kelmasdan shu tunda vafot etdi. U jigari yorilishi jarohatini olgandi. Hozirda ikkinchi quruvchi jonlantirish bo‘limida qolmoqda”, - dedi shifoxona bosh shifokor o‘rinbosari Sulaymon Tabarov.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, qolgan 6 nafar jarohatlanganlarning ahvoli barqaror holatda.
Eslatib o‘tamiz, 25-fevral kuni Dushanbedagi masjid qurilishida 9 nafar quruvchi 60 metrlik balandlikdan tushib ketdi.