O‘FA Samvel Babayanning qaytishi bo‘yicha rasmiy izoh berdi

© Federatsiya futbola UzbekistanaGlavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Samvel Babayan
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Bunyodkor” futbol klubi Samvel Babayanga shaxsiy kafil bo‘lish tashabbusini bildirgan.

TOShKENT, 27 fev - Sputnik. O‘zbekistonlik mutaxassis Samvel Babayanning Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubida ish boshlashi yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bayonot berdi.

Trener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
O‘FA tomonidan umrbod chetlatilgan Babayan “Lokomotiv” klubida yangi lavozimga tayinlandi

Qayd etilishicha, O‘FA Ijroqo‘miga  “Bunyodkor” futbol klubi nomidan bildirgi taqdim etilib, Babayandan diskvalifikatsiyani olib tashlash so‘ralgan.

“Bunyodkor” futbol klubi o‘z bildirgisida Samvel Babayanga shaxsiy kafil bo‘lish tashabbusini bildirgan va unga qo‘llanilgan intizomiy chorani yengillashtirishni so‘ragan.

“O‘FA Ijroqo‘mi a’zolari mazkur xatni bir ovozdan yoqladi. Shu tariqa O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ochilgan ish 2018-yilning 1-fevral kuni yopildi hamda Samvel Babayanning diskvalifikatsiyasi bekor qilindi”,  -deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, O‘FA bundan buyon Samvel Babayan O‘zbekistonning hech qaysi terma jamoasida faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qo‘shimchasiga, keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan “Lokomotiv” futbol klubining qaroriga ham qarshilik ko‘rsatmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘FA tomonidan umrbod chetlatilgan Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” professional futbol klubi prezidenti Mansur Radjapovga maslahatchi etib tayinlangani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0