Qish yoki bahor: O‘zbekistonda shu haftada ob-havo qanday bo‘ladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV Tashkente zasveli abrikosovie derevya
V Tashkente zasveli abrikosovie derevya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
28 fevraldan 2-martgacha O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hudularidan nam havo oqimlari asta kirib kela boshlaydi.

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. 25-27 fevral kunlari O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kechasi 3-8 daraja iliq atrofida, kunduzi 13-18 daraja iliq, respublika janubi va cho‘l zonalarida 20 darajagacha ko‘tariladi, bu shu davr uchun ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori haroratdir. FVV xabariga asosan.

V Tashkente zasveli abrikosovie derevya - Sputnik O‘zbekiston
Yomg‘ir va qor: O‘zbekistonga Volga bo‘yidan nam va salqin havo kelmoqda

28 fevraldan 2-martgacha respublika hududiga Turkmaniston hudularidan nam havo oqimlari asta kirib kela boshlaydi.

Mamlakat hududida bulutlilik ortib, 28-fevralda va 1-martda ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘adi. 2-mart kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bu davr mobaynida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li tumanlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi va qorga aylanadi.

Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, 28-fevral-1 mart kuni kunduzi 13-18 daraja iliq, 2-martda 10-15 daraja iliq, tog‘li hududlarda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0