TOShKENT, 25 fev – Sputnik. O‘zbekistonda bugundan boshlab yangi qog‘oz pul – 100 ming so‘mlik muomalaga chiqariladi. Bu haqida Markaziy Bank 16-fevralda xabar bergan edi.
“100 ming so‘mlik qiymatga ega bo‘lgan yangi qog‘oz pul chiqarishdan maqsad, birinchi navbatda, avtomobil, mebel, maishiy texnika kabi yuqori qiymatli mahsulotlar sotib olganda aholi uchun qulaylik yaratishdir”, - deb Markaziy bank pul muomalasi departamenti direktori Fazliddin Bozorovning so‘zlarini keltiradi Podrobno.uz.
Eslatib o‘tamiz, yangi 100 ming so‘mlik banknotning mavzusi buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bag‘ishlangan. Banknotning o‘lchami 144 x 78 mm. bo‘lib, maxsus himoyalangan qog‘ozda chop etilgan.