Toshkentda avtomobil o‘g‘risi qo‘lga olindi

© Press-slujba GUVD TashkentaV Tashkente zaderjali ranee sudimogo ugonshika
V Tashkente zaderjali ranee sudimogo ugonshika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtotransport vositasini o‘g‘irlash - Jinoyat kodeksining 267 moddasi 1 bo‘limiga asosan 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

TOShKENT, 24 fev – Sputnik. Kecha 23-fevral kuni soat 14:50da ichki ishlab bo‘limiga Salavat N, ismli fuqaro murojaat qilib, Olmazor tumanida Farobiy ko‘chasida kimdir uning avtomobilini o‘g‘irlab ketganini xabar qilgan, IIBB matbuot xizmatiga asosan.

Shahar IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida, Toshkent shahrining Mirzo ulug‘bek tumani hududida “Kobalt” rusumli avtomobil to‘xtatilgan va uning haydovchisi qo‘lga olingan.

Avtomobilni o‘g‘irlagan 26 yoshli fuqaro Farg‘onalik Baxtiyorjon K. Bo‘lib chiqqan. U kafeda unga orqasi bilan o‘tirgan fuqaro Salavat N.ning cho‘ntagidan avtomobil kalitini o‘g‘irlagani aniqlangan.  

Ushbu ish yuzasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267 moddasi 1 bo‘limi (avtotransport vositasini o‘g‘irlash) bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0