30 yillardagi ochlik barcha millatlar uchun bir xil bo‘lgan - Rossiya TIV

© Sputnik / Taras Litvinenko / Mediabankka o‘tishUborka zernovix
Uborka zernovix  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
SSSR hududida 30-yillarida sodir bo‘lgan ochlikdan 8 milliondan ortiq kishi vafot etgan.

TOShKENT, 24 fev – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vazirligi 1932-1933 yillarda sobiq SSSR hududida sodir bo‘lgan ommaviy ochlik haqida rasmiy xabar tarqatdi.

“30 yillardagi ochlik – butun SSSR hududida, ommaviy ravishda sodir bo‘lgan. Faqat alohida hududlar yoki aholi guruhlari uchun emas. U qattiq qurg‘oqchilik va hukumatning noto‘g‘ri qarorlari oqibatida kelib chiqqan. Undan barcha respublikalar va millatlar zarar ko‘rgan”, - deyilgan xabarda.

Rossiya TIVi xabarida aytilishiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Markaziy Osiyo axborot hududida 30-yillardagi ochgarchilikni yangicha tahlil qilishga qaratilgan urinishlar bo‘lmoqda. Qandaydir kuchlar ushbu musibatni “mahalliy millatlarni  yo‘q qilishga qaratilgan genotsid” sifatida talqin qilishga urinmoqda.

"Bu Markaziy Osiyoning qardosh xalqlarida Rossiyaga qarshi kayfiyatlar uyg‘otishga qaratilgan fitnadan boshqa narsa emas", - deyilgan Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabarida. Shuningdek, vazirlik kelajkda mutaxassislar yordamida arxiv materiallarini o‘rganib tarixiy faktlarni batafsil e’lon qilishni va’da bergan. 

RIA Novosti xabariga ko‘ra, o‘tgan asrning 30-yillarida sodir bo‘lgan ochlikdan SSSR hududida 8 milliondan ortiq kishi vafot etgan. Undan Ukraina hududida - 4 millionga yaqin, Rossiyada  - 2,5 mln, Qozog‘istonda – 2 mln kishi. 

Yangiliklar lentasi
0