TOSHKENT, 23 fev - Sputnik. Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Xakimov Yevropa mehmonxonalari, retoranlari va kafelari uyushmasi (HORTEC) rahbari Kristian de Barrin bilan uchrashdi.
HOTREC Ijroiya qoʻmitasi va Yevropaning 30ta davlatida faoliyat yuritadigan 42ta aʼzo-tashkilotlarga ega. Gruziya, Turkiya va boshqa qator yevropaga aʼzo boʻlmagan davlartlar kuzatuvchi maqomiga ega.
Uchrashuv davomida yevropa turizmi taraqqiyoti mehmondorchilikka asoslangani alohida taʼkidlangan. Ushbu soha YEI davlatlarida 11,9 million ish oʻrni bilan taʼminlaydi.
Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonda ikki yil davomida turizm sohasida roʻy bergan oʻzgarishlarni yuqori baholaganlar. Shuningdek, yaqin kelajakda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston turizm xizmatlari sohasiga kelajakda innovatsiyalar va adaptatsiyalarni joriy etishga kelishib olganlar.
Suhbat doirasida Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi rahbariyati bilan konferents-aloqa amalga oshirilgan va bu muloqot davomida kelajakdagi muloqotlar rejasi ishlab chiqilgan.
Muzokaralar davomida yevropa tomoni Oʻzbekiston tomonni HORTEC aʼzoligiga taklif etgan. Shu munosabat bilan yaqin orada barcha zarur jarayonlar tashkillashtiriladi, deb xabar qilgan Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.