O‘zbekistonda ikkita sher bolasini 6 ming $ga pullamoqchi bo‘lishdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishV Yekaterinburgskom zooparke rodilis patero afrikanskix lvat
V Yekaterinburgskom zooparke rodilis patero afrikanskix lvat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatchilar ekzotik hayvonlar savdosidan olti ming dollar ishlamoqchi bo‘lishgan

TOShKENT, 23 fev – Sputnik. Toshkentning Shayhontohur tumanida ikkita sher bolasini sotishga harakat qilgan to‘rt nafar kontrabandachilar qo‘lga olindi. Bu haqda o‘zbek OAVlari Davlat bojxona qo‘mitasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Yirtqich jonivorlar Spark va Lacetti mashinalari bagajlarida bo‘lgan.

Kontrabanda va bojxona qonunchiligini buzilishiga qarshi kurash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, firibgarlar pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Erkaklar yovvoyi hayvonlar savdosidan olti ming dollar ishlamoqchi bo‘lganlar.

Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari tekshiruv ishlarini o‘tkazishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0