O‘zbekistonda iqtidorli maktab bitiruvchilari oltin va kumush medallar bilan taqdirlanadi

Obuna bo‘lish
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari ishtirokida ta’lim muassasasi direktori tomonidan har yili 15-iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.

TOShKENT, 22 fev - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida nizom”ni tasdiqladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Shkolniki vo vremya peremeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Maktab o‘quvchilarini nazorat qilish bo‘yicha elektron tizim joriy etiladi

Qayd etilishicha, nizom umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlar, sport yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini  oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.

Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, chorak va yillik baholari a’lo bo‘lgan yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0